Al-Xorazimiyga tashrif





Davlatimiz rahbari 2020-yilning 12-13-mart kunlari Xorazmga tashrifi chogʻida Shovot tumanidagi 1-son ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internati negizida Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro fizika va matematika maktabini tashkil etish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi. 2020-yilning 19-martida esa Respublika Vazirlar Mahkamasining “Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro fizika-matematika maktab-internatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Qarorda maktabni zamonaviy taʼlim dargohiga aylantirish, unda tahsil oladigan oʻquvchilarni mustaqil fikrli, tashabbuskor, kreativ va xalqaro maydonda oʻzini dadil namoyon eta oladigan ilmli yoshlar sifatida tarbiyalash maqsadi qoʻyilgan.

Maydoni 32 ming kvadrat metr boʻlgan zamonaviy kampusdan 7 ta blokdan iborat binolar, xususan, oʻquv binosi, maʼmuriyat, oshxona, mehmonxona, sport zallari hamda dam olish maskanlari joy olgan. Oʻquv maskanida oldida buyuk mutafakkir, algoritm asoschisi Al-Xorazmiyning muazzam haykali qad rostladi.
Telegram:@Joha_0307
Instagram:@jahong1r_2008
Telefon:88 474 26 36